Qizil kitobga kiritilgan toshbaqalar olib chiqib ketilishining oldi olindi

eʼlon qilindi
80 dan ziyod noyob turdagi toshbaqalar

«Farg‘ona» chegara bojxona postida 80 dan ziyod toshbaqalari olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi. Bu haqida Bojxona axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Bojxona axborot xizmati

Bojxona xodimlari tomonidan 83 dona O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqalari olib chiqib ketishmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. 5 donasi noto‘g‘ri tashilganligi sababli zararlanganligi ma‘ʼ’lum bo‘lib tibbiy muolajalar ko‘rsatildi.

Sudning yakuniy qarori chiqqunga qadar vaqtincha saqlash uchun hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Xabarga ko‘ra, ushbu turdagi toshbaqalar O‘zbekistonning «Qizil kitobi»ga kamayib borayotgan tur sifatida kiritilgan.

Avvalroq, «Kursiv» naqd valyutani deklaratsiyasiz olib o‘tish miqdori oshirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek