27-sentyabr, chorshanba kuni Toshkentning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida issiq suv qisman o‘chirildi. Bunga issiqlik trassasini ta’mirlash sabab bo‘lmoqda, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.
Chilonzor tumanidagi «Qanot Shark», «Guliston», «Algoritm» massivlarida hamda Uchtepa tumanidagi Izza, Eshonguzar, 30 va 31-mavzelarda issiq suv yo‘q.
Ta’mirlash ishlari tugallangandan keyin issiq suv bosqichma-bosqich yoqiladi.
Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil oxirigacha mamlakat suv ta’minoti tizimini yaxshilash bo‘yicha topshiriq bergani haqida xabar berilgan edi.