Yangiliklar

Saida Mirziyoyeva: ipakchiligimiz tarixi — umumiy madaniy merosimizning ajralmas qismi

Saida Mirziyoyeva bu haqida eʼlon qildi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi o‘zbek delegatsiyasi «Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi»da Xanchjou shahrida ishtirok etmoqda. Tadbir XIX Osiyo o‘yinlariga to‘g‘ri keldi.

Foto: Saida Mirziyoyevaning Telegram kanali

Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmasi qizg‘in davom etmoqda. Bu haqida Saida Mirziyoyeva «ishtirok etish biz uchun katta sharaf», deb yozadi o‘z kanalida.

Ushbu Xalqaro tadbir Ipak muzeyida bo‘lib o‘tmoqda.

«Xitoylik do‘stlarimizga samimiy mehmondo‘stligi va o‘zbek madaniyatiga bo‘lgan qiziqishlari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Ipakchiligimiz tarixi — umumiy madaniy merosimizning ajralmas qismi bo‘lib, mazkur ko‘rgazma buni namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir» – deydi Mirziyoyeva.

Avvalroq, «Kursiv» Saida Mirziyoyeva avgust oyida prezident yordamchisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.