O‘zbekistonda o‘tgan yildan beri ikkilamchi bozorda yengil avtomobillar 12 foizga qimmatlashgani OLX.uz internet-reklama platformasi ma’lumotlari tahlili natijasida ma’lum bo‘ldi. Taqqoslash uchun, 2021 yildan 2022 yilgacha yengil avtomobillar narxi 10 foizga oshgan.
2021-2023 yillarda OLX.uz saytida eng ommabop avtomobil brendi Chevrolet bo‘lib qolmoqda, uning o‘rtacha narxi 9 ming dollarni tashkil etadi.Yana o‘nta mashhur avtomobillar qatoriga KIA (32 ming dollar), Hyundai (28 ming dollar), Volkswagen (30 ming dollar), Mercedes -Benz (18 ming dollar), GAZ (3 ming dollar), Toyota (35 ming dollar) kirdi.
Bu yil o’rtacha narxi 35 ming dollar bo’lgan BYD brendi «Moskvich»ni ro’yxatdan chiqarib tashladi.
2023 yilda platformada jami 557 mingta avtomobil sotuvga chiqarilgan.
Ko‘pincha OLX.uz foydalanuvchilari qidiruv tizimiga Chevrolet Spark, Daewoo Matiz, Daewoo Nexia, Chevrolet Cobalt va Daewoo Damas avtomobillarini kiritishgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BYD rahbari bilan Jizzaxda zavod ishga tushirish masalasini muhokama qilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.