Tibbiyot universiteti talabalaridan  imtihonlarni robotlar qabul qiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot yo‘nalishining bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura talabalari nazariy va amaliyot imtihonlari avtomatlashtirilgan tizimda topshiriladi. Mazkur loyiha byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan yo‘lga qo‘yildi, xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Shuningdek, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida davlat imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda talabalar asosiy fanlardan (fiziologiya, kimyo, geologiya), ikkinchi bosqichda esa klinik fanlardan test sinovlari topshiradilar. Imtihonlarning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tganlar keyingi kursga qabul qilinadi, klinik fanlarni yaxshi topshirganlar esa shifokor bo‘lib ishlay oladilar.

Rezidentura va stajirovkaga kirish imtihonlari ham robot-simulyatorlar tomonidan qabul qiladi. Test bir bosqichda suhbatsiz o‘tkaziladi.

Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligiga mingdan ortiq tibbiyot xodimini Janubiy Koreya, Turkiya va Yevropa davlatlariga malaka oshirishga yuborish topshirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekistonga 15 million dollar miqdorida grant ajratishni tezlashtiradi.

Shuningdek