Tramp firibgarlikda aybdor deb topildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) sobiq prezidenti Donald Tramp firibgarlikda aybdor deb topildi, deb xabar berdi Reuters.
Qaror Nyu-York sudi tomonidan shtat bosh prokurori Letitia Jeymsning fuqarolik da’vosi bo’yicha qabul qilindi.
Sud prokurorning Tramp va uning o‘g‘illari bank va sug‘urta tashkilotlariga moliyaviy hisobotlarda boyliklarini oshirib ko‘rsatganligi haqidagi nazariyasiga qo‘shildi. Bu ushbu muassasalardan yanada qulay shart-sharoitlarni olish uchun qilingan.
Sobiq prezident voqeani «jodugar ovi» deb atadi.
Qo’shma Shtatlarda Trampga qarshi bir nechta sud jarayonlari mavjud. Mamlakatning sobiq rahbari unga 561 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkinligini aytdi. U bu jarayonni siyosiy deb ataydi va uni 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish istagi bilan bog‘laydi.
Avvalroq, «Kursiv» Trampga qarshi jinoiy ish 2024-yilning 4-martida boshlanishini yozgan edi.