Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo iqtisodiyoti rivojlanishiga nima yordam berishini sanab o‘tdi. Rivojlanish instituti oʻz xulosalarini «Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar» nomli yangi hisobotida eʼlon qildi.
YeTTB respublikada chakana savdo, qurilish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalari ayniqsa yaxshi natijalarga erishayotganini qayd etadi.
«Yaxshi boshqariladigan birlamchi ommaviy takliflar (IPO) va xususiylashtirish istiqbolni yaxshilashi mumkin. Pul oʻtkazmalarining (ayniqsa, Rossiyadan) yana qisqarishi, eskirgan infratuzilma va suv taʼminoti bilan bogʻliq muammolar iqtisodiy oʻsishga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan omillardandir», – deyiladi YeTTB hisobotida.
Bank prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi joriy yilda ham, kelgusi yilda ham 6,5 foizni tashkil etadi. Bunga yaxshi ichki talab, nominal ish haqining oshishi va kreditlarning o’sishi yordam beradi.
Biroq Markaziy Osiyoda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari bo‘yicha Tojikiston O‘zbekistondan oldinda bo‘lishi kerak. Qo‘shni davlat iqtisodiyoti 2023 va 2024-yillarda 7,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu o’sishni yaqinroq mintaqaviy hamkorlik, hukumat investitsiyalari, Rossiya Federatsiyasidan pul o’tkazmalari oqimi hamda qishloq xo’jaligi va ishlab chiqarishdagi kuchli ko’rsatkichlar qo’llab-quvvatlaydi. Transchegaraviy suv resurslari bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan mojarolar va Xitoyda iqtisodiy o’sishning sekinlashishi istiqbolga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Markaziy Osiyoda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi, YeTTB prognozlariga ko‘ra, 2023-yilda 5,7 foizni, 2024-yilda esa 5,9 foizni tashkil etadi.
Avvalroq, «Kursiv» sakkiz oy ichida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari uchdan biriga kamaygani haqida yozgan edi.