Jaloliddin Masharipov Gretsiya futbol klubiga o’tdi
eʼlon qilindi
Sportchi “An Nasr” jamoasida to'p surgandi
Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning «Panserraikos» futbol klubiga o’tdi. Avvalroq, sportchi Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasida o‘ynagan, xabar beradi Panserraikos sayti.
Klub o‘zbekistonlik futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Masharipov esa 10-raqamda maydonga tushadi.
«An-Nasr»da futbolchi 7-raqam ostida o‘ynadi, keyinchalik u portugaliyalik sportchi Krishtianu Ronalduga o’rnini bo’shatib berdi.
Avvalroq, «Kursiv» futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona pastga tushib, 75-o‘rinni egallagani haqida yozgandi.