Toshkent shahrida 28-sentabrga o‘tar kechasi taxminan soat 02:43 da Sirg‘ali tumanidagi «Quruvchilar» dahasi hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Inter Logistics kompaniyasining ombori yonib ketgan.
Oqibatda portlashdan kelib chiqqan zarba to‘lqini ombor hududining ro‘parasida joylashgan yuzlab xonadonlarning oynalarini sindirdi. Vayronkor portlash to’rtta uyga ta’sir ko’rsatdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan, 160 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Voqea joyiga o‘nlab qutqaruv xodimlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari va tez yordam mashinalari yetib kelgan. Vayronkor portlash oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha ishlar qanday olib borilayotgani haqida – «Kursiv»ning fotoreportajida.