“O‘zAeroports”: Toshkentdagi portlash va yong‘in aeroport faoliyatiga ta’sir qilmadi

eʼlon qilindi
Aeroport normal rejimda ishlamoqda

Toshkentdagi bojxona omborida kechasi sodir bo‘lgan portlash poytaxt aeroporti ishiga ta’sir qilmadi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports kompaniyasi.

Foto: Tashkent_Land Telegram kanali

«Hodisa poytaxt aeroporti faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi. Toshkent xalqaro aeroporti cheklovsiz normal rejimda ishlamoqda», — deyiladi kompaniya xabarida.

Payshanbaga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi «Quruvchilar» mavzesidagi omborxonada portlash va yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa «chaqmoq tufayli» sodir bo’lganini ta’kidladi.

Soat 05:02da yong‘in lokalizatsiya qilindi.

«Kursiv» yong‘inda jabrlanganlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyatidagi filialiga yetkazilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek