Sirg’ali(Sergeli)dagi portlashda qancha uy va binolar zarar ko’rdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Toshkent shahar hokimligining dastlabki maʼlumotlari

Hukumat komissiyasi raisining oʻrinbosari, vazifasini bajaruvchi Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov Sergeli tumanidagi omborxonada yuz bergan portlash oqibatida yetkazilgan zararlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 26 ta koʻp qavatli uy, sakkizta ofis, bitta maktab va ikkita bogʻchadagi 592 ta xonadonning fasad qismi shikastlangan, deraza oynalari singan.

Bundan tashqari, 24 ta ko‘p qavatli uy va 25 ta uchastkaning fasad, deraza va tom qismi shikastlangan.

Poytaxt ma’muriyati yaqin orada hammasi tiklanib, ta’mirlanishini ma’lum qildi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahrida 28-sentabrga oʻtar kechasi taxminan soat 02:43 da Sergeli tumanidagi «Stroitel» massivi hududida kuchli portlash sodir boʻlgan edi. Inter Logistics kompaniyasining ombori yonib ketdi.

Oqibatda zilzila to‘lqini ombor hududining ro‘parasida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi yuzlab xonadonlarning derazalarini urib yubordi. Vayronkor portlash to’rtta uyga ta’sir ko’rsatdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan, 160 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Shuningdek