Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi prezidenti Samvel Shahramanyanning farmoniga ko‘ra, 2024-yilda o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Hujjatga «Interfaks» agentligi tayanadi.
«2024-yil 1-yanvargacha ularning idoraviy bo‘ysunishidagi barcha davlat muassasalari va tashkilotlari tugatilib, Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi (Artsax) o‘z faoliyatini to‘xtatsin», — deyiladi farmonda.
Respublika aholisiga Ozarbayjon taklif qilgan reintegratsiya shartlari bilan tanishish taklif etildi.
Qaror, taʼkidlanganidek, joriy harbiy-siyosiy vaziyat va mahalliy aholi xavfsizligini taʼminlash ustuvorligini hisobga olgan holda qabul qilingan.
19-sentabr kuni tushdan keyin Ozarbayjon tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi hududida «mahalliy aksilterror choralari» boshlanganini e‘lon qildi.
«Kursiv» yozganidek, ertasi kuni o’t ochishni to’xtatish kelishuviga erishildi.