Toshkent shahri Sergeli tumanidagi portlashlar bo’yicha farmoyish qabul qilindi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan

Sergeli tumanida yuz bergan favqulodda holat bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi. Farmoyish Prezident Shavkat Mirziyoyev topshiriqlari asosida favqulodda holat sabablarini o‘rganish, talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish choralarini aks ettiradi. Farmoyish matni bilan O’zbekiston Respublikasi Hukumar portalida tanishishingiz mumkin.

Foto: «Kursiv» / Roman Fedotov

Farmoyish bilan Bosh vazir o‘rinbosari A.J.Ramatov 16 kishidan iborat Hukumat komissiyasiga raislik qiladi.

Farmoyishga ko’ra, yuz bergan favqulodda holat sabablarini o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish ko’zd tutilgan.

– favqulodda holat oqibatida zarar yetkazilgan har bir uy-joyni, jumladan, aholi xonadonlari, ko‘p qavatli uy-joylarning fasad qismlari, deraza va romlari hamda taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan boshqa bino va inshootlarga yetkazilgan zararlarni bartaraf etish bo‘yicha moddiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, mazkur komissiya aʼzolari favqulodda holat yuz berishining texnik va boshqa sabablarini, favqulodda holatni tavsiflovchi ashyoviy dalillarni, taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan boshqa bino va inshootlar holatini, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni o‘rganib chiqish va tekshirish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish vazifasi yuklatilgan.

Biroz avval, Toshkentdagi portlash va yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek