O‘zbekistonda bank kartalari soni ilk bor 40 milliondan oshdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
Xususiy banklar faol ravishda kartalarni chiqarishmoqda

O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlaridan kelib chiqib, O‘zbekistonda 2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra muomaladagi bank kartalari soni 34,2 mln donani tashkil etgan bo‘lsa, 1 sentabrga kelib, 40,23 mln tani tashkil etadi (+17,6%).

Manba: www.depositphotos.com / hamikus

Xalq banki muomaladagi eng ko’p kartalarga ega (8,5 mln dona). Eng kam muomaladagi bank kartasi esa Hayot bankka tegishli (140).

Aytish joizki, muomaladagi kartalarning umumiy soni ham davlat, ham xususiy banklar hisobidan oshgan. Statistik ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, bu borada xususiy banklar faollik ko‘rsatgan. Masalan, kartalar sonining o‘sishi bo‘yicha birinchi uchlikka bitta davlat (Xalq banki) va ikkita xususiy (TBC va Ipak Yo‘li) kiradi. Ushbu uch bankning kartalari soni mos ravishda 1,6 million, 0,7 million va 0,46 millionga oshdi.

Avvalroq, «Kursiv» Muomaladagi bank kartalari soni rekord darajaga yetgani haqida yozgan edi.

Shuningdek