O‘zbekistonliklar dushanba kuni dam oladi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Sababi: davlat bayrami yakshanba kuniga to'g'ri keladi

O‘zbekistonliklar dushanba kuni dam oladi. Bu haqda Adliya vazirligi eslatdi.

Foto: liukov / www.depositphotos.com

1-oktabr O‘zbekistonda O‘qituvchi va murabbiylar kuni nishonlanadi. Ammo bu safar yakshanba kuniga to’g’ri keladi. Bunday hollarda dam olish kuni keyingi ish kuniga o’tkaziladi. O‘zbekistonda 2 oktyabr, dushanba kuni bo‘ladi.

Shu sababli, besh kunlik ish haftasiga ega bo’lgan ishchilar uch kun – shanbadan dushanbagacha dam olishadi. Olti kunlik haftasiga ega xodimlar uchun esa dam olish kuni ikki kun davom etadi – yakshanbadan dushanbagacha.

Oylik to‘lanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolganda ish haqi ushbu kunlar arafasida to‘lanadi.

Ilgari o‘zbekistonliklar «uzoq» dam olish kunlarini sentabr oyi boshida, respublika Mustaqillik kunini nishonlagan paytda o‘tkazardi.

O‘zbekistonning ayrim hududlarida dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmoqda.

Shuningdek