Savdo korxonalari orasida «Korzinka» egasi, LADA distribyutori va neftni qayta ishlash zavodi eng ko‘p soliq to‘lagan

eʼlon qilindi
Byudjetga 13 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ tushdi

Savdo sohasidagi korxonalar tomonidan 13 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan, deb xabar bermoqda Davlat soliq xizmati.

Foto: Unsplash

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 150,4 mingta yuridik shaxs tomonidan 13,6 trln so‘m soliq to‘langan.

Shundan 1,1 trln so‘mi, ya’ni 8,3 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 24,1 trln so‘mni tashkil etgan. Qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 437,1 mlrd so‘mga yetgan.

Barcha kompaniyalar orasida «Anglesey Food» MChJ eng ko’p soliq to’lagan. Kompaniya «Korzinka» supermarketlarini nazorat qiladi. Ikkinchi oʻrinda «Roodell» MChJ (LADA, Kia, Chery va Renault’ning Oʻzbekistondagi rasmiy distribyutori). Birinchi uchlikni Intermax Petroleum (neftni qayta ishlash kompaniyasi) yakunlaydi.

Foto: Davlat soliq xizmati

Ushbu 20 ta soliq to‘lovchi tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida ko‘radigan bo‘lsak, QQS – 445,6 mlrd so‘m, foyda solig‘i – 310,4 mlrd so‘m, JShODS esa 172,4 mlrd so‘mga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek