Senatorlar O‘zbekistonda pedagoglar maqomini oshirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Hujjat o‘qituvchilarning ish vaqtini qisqartiradi, ta’til vaqtini ko‘paytiradi va qo‘shimcha ustamalar joriy etadi.

Oliy Majlis Senatining 45-yalpi majlisida «O‘zbekistonda pedagoglar maqomini oshirish to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi, deb xabar qildi parlament yuqori palatasi matbuot xizmati.

Foto: Oliy Majlis

Qonunda o‘qituvchilarning ish vaqtini qisqartirish, 56 kundan ortiq bo‘lmagan uzaytirilgan mehnat ta’tillari, respublikaning chekka hududlarida ijara haqini har oyda to‘lash, davlat shifoxonalarida bepul majburiy tibbiy sug‘urta qilish nazarda tutilgan.

Chekka hududlardagi alohida ehtiyojli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ishlayotgan o‘qituvchilarga ustama haq to‘lanadi. Magistratura darajasiga ega boʻlgan oʻqituvchilar uchun eng kam oylik ish haqining 30 foizigacha (294 ming soʻm), doktorantura darajasiga ega boʻlgan mutaxassislar uchun esa eng kam oylik ish haqining 60 foizigacha (588 ming soʻm) ustama toʻlash nazarda tutilgan.

Shuningdek, hujjatga ko‘ra, pedagoglarning farzandlari imtiyozli ro‘yxat bo‘yicha davlat bog‘chalariga qabul qilinadi.

Senatorlar mazkur qonunning qabul qilinishi o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, ularning huquqlarini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev saylovoldi tashviqoti chogʻida yaqin yetti yilda oʻqituvchilarning maoshini ikki baravar oshirishga vaʼda bergan edi.

Shuningdek