Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti bilan uchrashdi
eʼlon qilindi
Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi Berlindagi Bellevyu saroyida bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Berlindagi Bellevyu saroyiga keldi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati. Kelgach, uni Germaniya Federativ Respublikasi rahbari Frank Valter-Shtaynmayer kutib oldi.
Bugun Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari va Germaniya davlat rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etadi hamda Frank Valter-Shtaynmayer bilan ikki tomonlama muzokaralar olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyevni Berlin aeroportida Berlin Federal shtati ichki ishlar, raqamlashtirish va sport vaziri Iris Spranger kutib olgandi.