«O‘zsanoatqurilishbank» boshqaruvi raisi bo‘lgan Saxi Annaklichev «Biznesni rivojlantirish banki» boshqaruvi raisi sifatida ish boshladi.

Xabarga ko’ra, «Qishloqqurilishbank»ning avvalgi raisi Alisher Muratov raisning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Sentyabr oyi boshida prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan 2023-yilgi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha qaror imzolagandi. «Qishloq qurilish bank» ATB negizida «Biznesni rivojlantirish banki» ATB tashkil etilgan edi.