Yangiliklar

Dollar haftani o’sish bilan boshladi

Rasmiy kurs 15,89 so‘mga oshdi

O‘zbekistonda dollar kursi birinchi ish kunida 15,89 so‘mga ko‘tarildi. Markaziy bank narxni 12 216,01 so‘m etib belgiladi.

Фото: Ivantsov / www.depositphotos.com

3-oktabr kuni kassalar orqali AQSH dollarini xarid qilish kursi 12 140 – 12 195 so‘mni tashkil etadi. Sotish esa 12 235 – 12 275 so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 8,46 foizga oshgan. Bu sobiq SSSR va MDH hududidagi ikkinchi natijadir.