O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha yana davlat subsidiyalarini berish yana boshlandi, deb xabar bermoqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
Subsidiya olish uchun 18 yoshga toʻlgan fuqarolar murojaat qilishlari mumkin.
Eslatib oʻtamiz, subsidiya daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida beriladi.
Fuqaro ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin. Bunda «Mening arizalarim» bo‘limiga kelib tushgan ijobiy xabarnomadan so‘ng javobda ko‘rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatdagi uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish yuzasidan qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.
Eslatib o’tamiz, subsidiyalar bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.
Avvalroq, O‘zbekistonda ipoteka krediti berilgan ayollar soni keskin kamaygani haqida xabar bergan edik.