O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi Travel Jingles jurnali bilan hamkorlikda hind biznesiga O‘zbekistondagi to‘y turizmi imkoniyatlarini taqdim etdi.
Tadbirda sayyohlik kompaniyalari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Hindiston tomonining qayd etishicha, so‘nggi paytlarda ularning fuqarolari oilaviy bayramlar, jumladan, to‘y marosimlarini o‘tkazish turizmiga qiziqishi ortgan.
Ikki davlat oʻrtasida sayyohlar oqimi faol oʻsib borayotgani va bu yil Hindistondan Oʻzbekiston shaharlariga sayohatchilar soni rekord oʻrnatishi mumkinligi qayd etildi.
Tomonlar, shuningdek, BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va tadbir doirasida tashkil etiladigan boshqa tadbirlarni muhokama qildilar.