Yangiliklar

O‘zbekiston kanoechilari 2023 yilgi Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lishdi

Ular 1 ming m masofada birinchi bo‘ldi


O‘zbekistonlik kanoechilar Shohmurod Xolmurodov va Nurislom To‘xtasin o‘g‘li Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Erkaklar o‘rtasida kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 1 ming m masofada sportchilar birinchi bo‘ldi.

Bu O‘zbekiston terma jamoasining seshanba kungi ikkinchi oltin medalidir. «Kursiv» yozganidek, velosipedchi Olga Zabelinskaya yakkalik poygada birinchi unvonni qo’lga kiritdi.

2023 yilgi Osiyo oʻyinlari Xitoyning Xanchjou shahrida va yana beshta shahrida 23-sentabrdan 8-oktabrgacha boʻlib oʻtadi.