HUMO karta egalari mobil ilovalarda toʻlovni amalga oshira olmaydi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Mutaxassislar muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda
Hozirda bir qator HUMO karta foydalanuvchilari SMS-xabar berish xizmatidan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Bu karta egalariga mobil ilovalarida to‘lov va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkonini bermaydi. Bu haqda to‘lov tizimi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»
To‘lov tizimi hozirda bu masala bilan mutaxassislar shugʻullanayotganini va yaqin orada muammo hal etilishini ma’lum qiladi.
Qo‘shimcha axborot. Toshkent vaqti bilan 14:15 da muammolar bartaraf etildi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda Uzcard va Humo to‘lov tizimlari bankomatlarini to‘liq integratsiyalash yakunlangani haqida yozgan edi.