Bu haqda Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, konstruksiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi va uning old o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shart.
Eslatib o‘tamiz, jarima miqdori BHMning 50 foizi, yaʼni 165 ming so‘mni tashkil etadi.
Avvalroq, «Kursiv» Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar 1-maydan boshlab qanday oshirilishi haqida yozgan.