Grin karta boshlandi

eʼlon qilindi
4-oktyabr kuni AQSHning milliy xilma-xillik viza dasturi – Diversity Visa lotereyasining 2025-yilgi mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi

7-noyabr Toshkent vaqti bilan soat 21:00 ga qadar dvprogram.state.gov sayti orqali bepul anketa to‘ldirib, ariza yo‘llashi mumkin.

Foto: Mehaniq / depositphotos.com

Dastur AQSHga migratsiya kam bo‘lgan xalqlar vakillariga ushbu mamlakatda doimiy yashash huquqini berish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Dastur g‘oliblari kelasi yil may oyida, tasodifiy kompyuter dasturi yordamida tanlab olinadi hamda eʼlon qilinadi.

Lotereya orqali har yili dunyo bo‘ylab 55 ming kishiga grin-karta beriladi. Biroq lotereyada bundan ikki barobar ko‘p odam g‘olib deb topiladi. G‘olib bo‘lganlarning ba’zilari hujjatlaridagi kamchiliklar, suhbatdan o‘ta olmagani yoki shunchaki viza tugab qolgani uchun grin-karta ololmaydi.

DV-2023 dasturi g‘olibi bo‘lgan o‘zbekistonliklardan 3100 dan ortig‘i viza uchun suhbatga kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq, «Kursiv» Amerika tarixida birinchi marta Vakillar palatasi spikeri lavozimidan chetlatilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek