Alisher Usmonovning nemis villasida bir necha avtomobil olib qo‘yildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Operatsiya qidiruv e’loniga asosan o‘tkazildi

5 oktabr kuni Germaniyaning Sanksiyalarni qo‘llash bo‘yicha markaziy boshqarmasi (ZfS) rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning villasida tintuv o‘tkazdi va bir nechta avtomobillarni musodara qildi.

Foto: Christoph Reichwein/dpa

Villa Rottach-Egern Bavariyadagi Tegernsee ko’lida joylashgan. «Matryoshka» nomini olgan maxsus komissiya uning Myunxen yaqinidagi boshqa xonadonlarida ham tintuv o’tkazilganini aytdi.

Germaniya bojxona boshqarmasining sanksiyalar bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiya sud tomonidan berilgan tintuv buyrug‘i asosida amalga oshirilgan.

Avvalroq Frankfurt-Mayn mintaqaviy sudi tadbirkorning ko‘chmas mulki va yaxtasida tintuv o‘tkazishni noqonuniy deb e’lon qilgan edi.

Avgust oyida Usmonov Germaniya Konstitutsiyaviy sudiga ko‘chmas mulk daxlsizligi buzilgani yuzasidan shikoyat qilgan.

Shuningdek