Dollar kursi deyarli 10 so‘mga (-9,80) pasaydi. Markaziy bank AQSh valyutasining qiymatini 12 198,12 so‘m etib belgiladi.

O‘zbekiston banklari bugun kassalarda dollarni 12 140 – 12 200 so‘mdan sotib olib, sotish kursi yuqoriroq – 12 230 – 12 270 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha dollar kursi 8,09 so‘mga tushgandi.