Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharifa Davronova Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida uch hatlab sakrashda birinchi bo‘ldi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

17 yoshli o‘zbekistonlik sportchi musobaqada 14,09 metr natija ko‘rsatdi.
2023-yilgi Osiyo oʻyinlari Xitoyning Xanchjou shahrida va Oʻrta Qirollikning yana beshta shahrida 23-sentyabrdan 8-oktyabrgacha boʻlib oʻtadi.
«Kursiv» seshanba kuni o’zbekistonlik kanoechilar Osiyo o’yinlarida oltin medalni qo’lga kiritishgani haqida yozgan edi.