O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga rasmiy tashrifi dasturi boshlangan Qozon shahriga keldi, deb yozadi prezident matbuot xizmati.
Gabdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston rahbari Rustam Minnixonov kutib oldi.
6-oktyabr kuni Mirziyoyev Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi – ular siyosiy masalalar, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar loyihalarni muhokama qiladi.