Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasaymoqda
eʼlon qilindi
Endilikda o‘rtacha tortilgan kurs 12 189,81 so‘mni tashkil etadi
O‘zbekiston valyuta birjasida 6 oktabr kuni dollar narxi 8,31 so‘mga arzonlashdi. Endilikda o‘rtacha tortilgan kurs 12 189,81 so‘mni tashkil etadi. Markaziy bank dollar kursini xuddi shunday darajada belgiladi.

Tijorat banklari kassalarda dollarni sotib olish kursini 12 135 – 12 190 so‘m etib belgiladi. Sotish kursi – 12 220 – 12 260 so‘m.
O‘zbekistonda Amerika valyutasi ketma-ket uchinchi kun arzonlashdi. Seshanba kuni deyarli 16 so‘mga oshganidan so‘ng, keyingi bir necha kun ichida dollar jami 26,2 so‘mga arzonlashdi.