O‘zbekistonda Yandex.Go taksi chaqiruvi ilovasi bloklanishi mumkin, agar platformaning egasi Ridetech International B.V. soliq rezidenti sifatida ro’yxatdan o’tmasa. Bu haqda Respublika Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning sentyabr oyida Ridetech International B.V. o‘z faoliyatini ikki oy muddatda qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etish bo‘yicha talablar qo‘yildi.
Birinchi navbatda, kompaniya faoliyatini amalga oshirish va belgilangan soliqlarni to‘lash uchun O‘zbekiston soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Ikkinchidan, soliq organlarining axborot tizimi bilan integratsiyani ta’minlash va mijozlarga avtomatik tarzda shakllantiriladigan fiskal kvitansiyani taqdim etish zarur.
Agar kompaniya tomonidan 2023-yil 1-dekabrgacha belgilangan talablar bajarilmasa, Soliq qo‘mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga Yandex.Go elektron platformasidan foydalanishni blokirovka qilish bo‘yicha rasmiy so‘rov yuboradi.
Avvalroq, «Kursiv» Chirchiq ko‘chalarida haydovchisiz taksini sinovdan o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.