Qatar O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi. Endi Oʻzbekiston fuqarolari Arab davlatiga kelgan kundan boshlab 30 kun davomida vizasiz qolishlari mumkin boʻladi, deb xabar qildi Qatar turizm boshqarmasi matbuot xizmati.
«Fuqarolar oldindan vizani olishlari shart emas va Qatarga kelganda kamida olti oy amal qilish muddatiga ega amaldagi pasport va tasdiqlangan qaytish chiptasini taqdim etish orqali vizasiz sayohat qilishlari mumkin», — deyiladi veb-saytda.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida O‘zbekiston ham Qatar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilgan edi.