Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Rixsilii (Quloqtepa) koʻchasi deyarli besh kunga yopiladi, deb xabar qildi poytaxt hokimligi.

7-oktyabr soat 9:00 dan 12-oktyabr 17:00 ga qadar Yangi Qoraqamish ko‘chasining Binkat ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan avtomobillar harakati amalga oshirilmaydi.
Yopilish sababi – infratuzilmani qish mavsumiga tayyorlash doirasidagi ta’mirlash ishlari.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda ko‘prik ta’miri munosabati bilan o‘nta avtobus yo‘nalishi o‘zgarishini yozgan edi.