Yangiliklar

JSST: Dunyo bo‘ylab vabo avj olmoqda

Vabo deb tahmin qilingan bemorlar soni bo‘yicha Afg‘oniston eng yuqori o‘rinda

2023-yilning 9 oyida dunyo bo‘yicha vabo bilan kasallanganlar soni 582 mingdan oshgan. Shundan 4,5 ming ortiq kishi vafot etdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotida maʼlum qilindi

Foto: Harvard medical school

Joriy yilning yanvar oyidan buyon vabo 29 ta davlatda keng tarqalgan.

Hisobotga ko‘ra, dunyoda mazkur kasallikning keyingi tarqalish xavfini juda yuqori.

«2023-yilda vabo bilan kasallanganlar soni o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichlardan oshib ketdi, 15 sentyabrdagi maʼlumotlarga ko‘ra, kasallikning 582 219 ta yuqish holati va 4 543 ta o‘lim qayd etilgan», deyilgan JSST hisobotida.

Tashkilot dunyo miqyosida inson hayotiga xavf soladigan epidemiyalar tobora ko‘payib borayotgani va ularning geografik tarqalishi, vaksina va boshqa resurslarning yetishmasligini hisobga olgan holda ushbu global darajadagi xavfni juda yuqori, deb baholamoqda.

Ushbu maʼlumotga ko‘ra, kasallik asosan Afrika mamlakatlari ko‘p uchramoqda. Asosan Burundi, Kongo, Zimbabve, Kamerun, Malavi, Mozambik, Efiopiya va shu kabi 16 davlatlar hududiga to‘g‘ri kelgan.

Vabo deb tahmin qilingan bemorlar soni bo‘yicha Afg‘oniston eng yuqori o‘rinda turibdi (159 mingga yaqin).

Suriya (120 mingga yaqin), Gaiti (62 mingdan ortiq), Malavi (58 mingdan ortiq) kabi mamlakatlarda ham kasallik keng tarqalmoqda. 

Maʼlumot uchun, 2022-yilda dunyo bo‘ylab vabo bilan kasallanganlar soni 472,6 ming nafarni kasallangan. 2021-yilda esa 223,3 nafar bemor vabo bilan kasallangan.

Avvalroq, JSST tomonidan dunyoda COVID-19 infektsiyalari soni 60% dan oshgani haqida xabar berilgan edi.