O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 10 ta hujjat imzolandi

eʼlon qilindi
Endilikda Samarqandda Rossiya bosh konsulxonasi ochiladi

Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari va vazirliklari tomonidan imzolangan 10 ta hujjat almashildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Keng ko‘lamli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilishdi.

Foto:O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasining bosh konsulxonasini taʼsis etish, vakolatli iqtisodiy operator institutlarini o‘zaro tan olish, «Agroekspress» tezkor temir yo‘l tashuvlarini tashkil etish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2025 yillar uchun hamkorlik dasturi, shuningdek, transport, ilm-fan, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlik bo‘yicha hujjatlar imzolangan.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi Hududlararo hamkorlik forumida $3,5 milliard shartnomalar imzolangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek