Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi
eʼlon qilindi
Yer silkinishlari magnitudasi 4,7 ni tashkil etdi
9-oktabr kuni (Toshkent vaqti bilan) soat 14:46da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmik prognozlar monitoringi respublika markazi matbuot xizmati.
Zilzila chuqurligi 55 km, magnitudasi 4,7. Zilzila markazidan Toshkentgacha boʻlgan masofa janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 1005 km.
Eslatib oʻtamiz, 7-oktabr kuni Afgʻonistonda 6,2 magnitudali zilzila sodir boʻlgan edi. Mamlakat g‘arbida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida 2 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi, 9 mingdan ortiq kishi jabrlandi.
8 oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot berib, zilzila qurbonlarining oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.