Chirchiq texnoparkida yana o‘nta korxona ishga tushmoqchi
O‘zbekiston «Chirchiq» texnoparkida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish ob’ektlari soni yil oxirigacha 3 barobarga ko‘payishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning TASS axborot agentligiga Ximgrad texnopolisi bosh direktori Ayrat Gizzatullin maʼlum qildi.
Chirchiq, agentlik taʼkidlaganidek, Ximgrad bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
– Hozirda beshta korxona ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, joriy yil oxirigacha yana o‘nta ishlab chiqarish quvvatini ishga tushiramiz, – deydi G‘izzatullin.
Unga ko‘ra, texnopark ma’muriyati tomonidan 34 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda. Umumiy investitsiyalar 255 million dollarni tashkil etadi.
«Kursiv» Rossiyaning Vertical kompaniyasi O‘zbekistonda alpinistlar uchun uskunalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanligini yozgan. Kompaniya vakillari Chirchiq texnoparkiga ham qiziqish bildirdi.