Dollar kursi haftani pasayish bilan boshladi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Tijorat banklarining kassalarda xarid qilishning eng yaxshi kursi hozirda 12 180 so‘m

Amerika valyutasining birjadagi oʻrtacha tortilgan kursi 9-oktabr kuni 12 180,05 soʻmga yetdi. O‘zbekiston Markaziy banki ham dollar kursini xuddi shunday darajada belgiladi.

Фото: olia danilevich / www.depositphotos.com

Respublika tijorat banklari ham dollarni sotib olish va sotish kurslarini pasaytirdi. Masalan, tijorat banklarining kassalarda xarid qilishning eng yaxshi kursi hozirda 12 180 so‘m, eng pasti esa 12 130 so‘m. Sotish kursi 12 200 – 12 250 so‘m etib belgilandi.

Avvalroq, «Kursiv» dollar kursi o‘tgan haftani pasayish bilan yakunlaganini yozgan edi.

Shuningdek