Estoniya Ichki ishlar vazirligi davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarga O‘zbekistonga bildirishnomasiz borishni taqiqladi

eʼlon qilindi
Estoniyaliklar mahalliy maxsus kuchlar ularni yollashidan qo‘rqishadi

Endilikda Estoniya davlat sirlariga kirish huquqiga ega bo‘lganlar O‘zbekistonga sayohat qilishda maxsus xizmatlarni xabardor qilishlari kerak.

Foto: Kaitsepolitseiamet

Sentyabr oyining oxiridan boshlab ro’yxat sezilarli darajada kengaydi. Agar ilgari u faqat Rossiya, Belarus va KXDRni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, endi uning tarkibiga Armaniston, Ozarbayjon, Xitoy, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kiradi.

Davlat sirlariga ega bo’lgan va ushbu mamlakatlardan biriga shaxsiy va xizmat safarlarini rejalashtirayotgan fuqarolar Estoniya xavfsizlik politsiyasini oldindan xabardor qilishlari kerak.

Estoniyaliklar sayohat chog’ida mahalliy razvedka xizmatlari maxfiy ma’lumotlar tashuvchilarga qiziqish bildirishidan qo’rqishadi.

Shuningdek