Belarusning Smorgon shahrida O‘zbekistonda yetishtirilgan paxtadan ip va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxona ishga tushadi. Bu haqda Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Leonid Marinich STV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Smorgondagi fabrika nafaqat Belarus, balki boshqa davlatlar, jumladan, Rossiya Federatsiyasining ham to‘qimachilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qoplaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning sakkiz oyi davomida Belarus Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 29,2 foizga o‘sish bilan 402 million dollarga yetdi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston va Belarus qo‘y terisi ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etish niyatida ekani haqida yozgan edi.