Yangiliklar

O‘zbekistonda ish haftasi oxirida sovuq havo keladi

O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra

O‘zbekistonda ish haftasi oxirida keskin sovuq bo‘lishi kutilmoqda. 12—13-oktabr kunlari respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Foto: Peyesces / Pixabay

11-oktabr, chorshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining shimoli-g‘arbiy hududlariga Qora dengizdan sovuq havo massalari kirib boradi.

12—13-oktabrda butun respublika boʻylab tarqaladi, shimoliy viloyatlarda havo harorati 2—7° gacha pasayadi.

Toshkentda 12-oktabr, payshanba kuni kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 13-oktabr kechasi va ertalab ham yog‘ingarchilik kutilmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda shamol va chang bo‘lishi kutilayotgani haqida yozgan edi.