Xanchjoudagi Osiyo oʻyinlarining yopilish marosimi qanday o’tdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                                                        
                            ( yangilandi)
                            
                                                            
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Milliy olimpiya qo‘mitasi suratlar bilan bo‘lishdi
                    
                            Xitoyning Xanchjou shahrida XIX yozgi Osiyo oʻyinlarining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi.

Tadbirda Osiyo olimpiya kengashi o‘z bayrog‘ini Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahriga topshirdi. U yerda navbatdagi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

«Kursiv» O‘zbekiston terma jamoasi 19-Yozgi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini 71 medal bilan yakunlagani haqida yozgan. Umumjamoa hisobida o‘zbekistonlik sportchilar beshinchi o‘rinni egalladi.
23-sentyabrdan 8-oktyabrgacha Xitoyning Xanchjou shahrida va O‘rta Qirollikning yana beshta shahrida Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.


