Xitoyning Xanchjou shahrida XIX yozgi Osiyo oʻyinlarining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2023/10/09.10-aziada-1024x689.jpg)
Tadbirda Osiyo olimpiya kengashi o‘z bayrog‘ini Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahriga topshirdi. U yerda navbatdagi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2023/10/09.10-aziada-2-1024x622.jpg)
«Kursiv» O‘zbekiston terma jamoasi 19-Yozgi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini 71 medal bilan yakunlagani haqida yozgan. Umumjamoa hisobida o‘zbekistonlik sportchilar beshinchi o‘rinni egalladi.
23-sentyabrdan 8-oktyabrgacha Xitoyning Xanchjou shahrida va O‘rta Qirollikning yana beshta shahrida Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2023/10/09.10-aziada-3-1024x641.jpg)
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2023/10/09.10-aziada-5-1-1024x632.jpg)