Yangiliklar

Xitoy hisoblash quvvatini bir yarim barobar oshiradi

2025-yilgacha

Xitoy hukumati yaqin ikki yil ichida umumiy hisoblash quvvatini 50 foizdan ko‘proqqa oshirish niyatida, deya xabar bermoqda Reuters tegishli hujjatga tayanib.

Surat: Unsplash

Joriy yilning avgust oyida Xitoyda bu ko‘rsatkich 197 EFLOPSni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkichni 300 EFLOPSga yetkazish rejalashtirilgan.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun Pekin olti departamentni, jumladan, Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligini jalb qilmoqchi.

Tashabbus AQSh va Xitoy o‘rtasida ko‘plab yuqori texnologiyali sohalarda, jumladan, sun’iy intellekt (AI) va superkompyuterlarni yaratishda raqobat kuchayib borayotgan bir paytda paydo bo‘ldi.

Shuningdek, tez rivojlanayotgan AI sohasi ehtiyojlarini qondirish uchun Pekin Xitoyning g’arbiy qismida hisoblash infratuzilmasini yaxshilashni ham rejalashtirmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Amerikaning Meta korporatsiyasi kelgusi yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan ChatGPT analogi ustida ishlayotganini yozgan edi.