O‘zbekiston uzum eksportini ikki barobardan ko‘proqqa qisqartirdi

eʼlon qilindi
Rekord narxlar tufayli

Sentyabr oyida O‘zbekiston bir yil avvalgiga nisbatan 2,2 baravar kam dasturxon uzumini eksport qildi. EastFruit portali maʼlum qilishicha, 2023-yil avgustiga nisbatan bu koʻrsatkich 30 foizga kamaygan.

Foto: anmbph/Depositphotos

Shunday qilib, o‘tgan oyda O‘zbekistondan 27,3 ming tonna uzum eksport qilingan. Bir yil avval – 59 ming tonna, avgust oyida – 38,9 ming tonna.

Portal tahlilchilari bu tendensiyani kutilayotgan deb hisoblashadi. Bu mamlakatda uzumning rekord darajada yuqori narxlari bilan bog’liq. Sentyabr oyida uning qiymati bir yil oldin bo’lganidan 2,5-3 baravar yuqori edi.

«Kursiv» uzumning rekord darajadagi yuqori narxi bilan bog’liq vaziyat haqida yozgan.

Shuningdek