2024-yilda Qozon va Toshkent oʻrtasida temir yoʻl qatnovini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. Bu haqda Tatariston transport vazirligi rahbari Farit Hanifov ma’lum qildi.
2020 yilda koronavirus tufayli shaharlar orasidagi poyezdlar qatnovini to‘xtatdi.
Xanifovning soʻzlariga koʻra, temir yoʻl aloqasini tiklash uchun yoʻnalish oʻtgan davlatlardan ruxsat olish kerak. Uning qayd etishicha, Rossiya bu borada allaqachon kelishib olgan. Qozog‘iston va O‘zbekistonda ko‘rib chiqilmoqda.
Transport vazirligi rahbari O‘zbekiston va Tatariston Toshkent va Qozon o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini qo‘shimcha qildi. Shuningdek, shaharlar o‘rtasida kunlik reyslarni yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.
Avvalroq, «Kursiv» fevral oyida Novosibirsk va Toshkent o‘rtasidagi temir yo‘l aloqasi tiklangani haqida yozgan edi.