Yangiliklar

Ikki oyda yangi metro vagonlari keladi

Hafta davomida metro yo‘nalishdagi 9 ta poyezdni harakati yo‘nalishidan olingan

Yil yakuniga qadar 56 ta  zamonaviy metro vagonlarini harid qilish rejalashtirilgan. Bu haqida «Toshkent metropoliteni» DUK xabar berdi.

Foto: Unsplash

Joriy yilning sentyabr oyidan boshlab metropolitendan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni o‘tgan yilga nisbatan mutannosib ravishda kuniga 200 mingdan ortishi kuzatilgan.

Xabarga ko’ra, bir kunda o‘rtacha metropolitenning yo‘nalishlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni 690 – 700 ming kishini tashkil etmoqda.

Ayniqsa, 20-sentyabr sanasidan boshlab ko‘chalarda 10 ballik avtomashina tiqilinchligi hisobiga avtobuslardagi yo‘lovchilarni bir qismi metrodan foydalanishi hisobiga bu ko‘rsatgich kunma-kun ortib bormoqda.

Metro vagonlarga belgilangan yo‘lovchilar sonining 2 karra ko‘payishi sabab metro poyezdlarini tez-tez buzilishiga olib kelmoqda.

Xabarga qaraganda, yo‘lovchilar tomonidan vagonlarda va metropoliten hududida shaxsiy buyumlarni qoldirib ketish kabi holatlar kuzatilgan. Shu sabab tekshirish maqsadida, yo‘nalishdagi poyezdni harakati yo‘nalishidan olingan. Natijada harakat intervalini uzayishiga olib kelgan. Bu holat oxirgi haftada 9 marta kuzatilgan.

Bugungi kunda, metropoliten yo‘lovchilariga yanada qulay va ma’daniyatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, 6 ta harakat tarkibi 5 ta vagondan tashkil topgan holda xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ularning soni shu yilning oxiriga qadar 13 taga yetkaziladi.

Joriy yil yakuniga qadar 56 ta va 2024-yil davomida yana qo‘shimcha 104 dona zamonaviy metro vagonlarini harid qilish rejalashtirilgan. Yangi metro vagonlari kelishiga 2 oy qolgan.