Afg‘onistonda chorshanba kuni tongda 5,2 magnitudali zilzila qayd etildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmik prognozlar monitoringi Respublika markazi.
Bu mamlakatda 2 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo’lgan dahshatli zilziladan beri bir necha kun o’tdi.
Soat 05:42 da markaz Toshkentdan 900 km uzoqlikda Afg‘onistonda yer silkinishini qayd etdi.
«Kursiv» 7-oktyabr kuni Afg‘oniston g‘arbida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida yozgan. Epitsentri 272 ming kishi istiqomat qiluvchi Hirot shahridan 42 km shimoli-g‘arbda 10 km chuqurlikda joylashgan.
2 mingdan ortiq aholi halok bo’ldi. 1,3 mingdan ortiq uy vayron bo’lgan.