Braziliya Milliy Kongressi mamlakat huquq-tartibot idoralariga Binance kripto birjasining to‘rtta yuqori martabali menejeriga, jumladan uning bosh direktori Changpeng Chjaoga nisbatan firibgarlikda ayblov qo‘yishni tavsiya qildi. Bu haqda Bloomberg yozdi.
Departament qoʻmitalaridan biri Binancega nisbatan tekshiruv oʻtkazdi va natijada kripto birjasining toʻrt nafar yuqori lavozimli xodimi firibgarlik va moliyaviy institutni ruxsatsiz boshqarishda aybdor deb topilganini maʼlum qildi. Biroq, tuzilma rasmiy ayblov qo’yish huquqiga ega emas, faqat politsiyaga buni tavsiya qilishi mumkin.
Kongress, shuningdek, Braziliya qimmatli qog’ozlar regulyatoriga bunday operatsiyalarni to’xtatish buyrug’iga qaramay, Binance tomonidan derivativlarni sotish bilan bog’liq holatlar bo’yicha tekshiruv o’tkazishni tavsiya qildi.
«Kursiv» rossiyalik ikki top-menejer Gleb Kostarev va Vladimir Smerkisning Binance kripto birjasini tark etganini yozgan.